
“Yuventus” hujumchini “Barsa”ga bermaydigan bo‘ldi
“Yuventus” mutasaddilari “Atletiko”dan ijaraga olingan Alvaro Moratani “Barselona”ga o‘tishiga yo‘l qo‘ymaydi.
Kataloniya klubi bosh murabbiyi Xavi jamoaning hujumkorligini oshirish maqsadida ispan hujumchisini olishni rejalashtirayotgan edi. Biroq, turinliklar unga munosib o‘rinbosar topilmaguncha Moratani o‘z safida saqlab turishga qaror qlgan.
Morata joriy mavsumda 18 marta maydonga tushib, beshta gol va ikkita golli pas muallifi bo‘ldi. Uning turinliklar bilan ijara shartnomasi shu yilning 30 iyunida nihoyasiga etadi.
“Barselona” rahbariyatida Alvaro Moratani “Atletiko”ga ijaraga jo‘natilgan Antuan Grizmannga rokirovka qilish varianti ham bor. Buning uchun ular ispan hujumchisini Madridga qaytishi kutishiga to‘g‘ri keladi.
Fikrlar