
“Yuventus” futbolchisi uchun Angliya klublari kurashmoqda
"Yuventus" yarim himoyachisi Adrian Raboning kelajagi hali ham so‘roq ostida qolmoqda. U klub bilan shartnomasini uzaytirgan yo‘q. Amaldagi shartnoma 2023 yilning yozida tugaydi.
Uni tekinga qo‘lga kiritmoqchi bo‘lgan klublar mavjud. "Salciomercato" nashri berayotgan ma’lumotlarga ko‘ra, "Arsenal" “Tottenxem”va “Chelsi” klublari futbolchi uchun kurashmoqda. Raboning o‘zi ham ushbu vaziyat haqida gapirdi.
"Men bilmayman. Jamoada qolish-qolmasligimni ham bilmayman. Hozir bu haqida muhokama qilish vaqti emas", – dedi 27 yoshli futbolchi.
Rabo o‘tgan yozda "Manchester Yunayted"ga o‘tishga juda yaqin kelgandi. Ammo futbolchi "qizil iblislar" bilan kelisha olmay, Turin jamoasida qolgandi.
Frantsuz ushbu mavsum barcha chempionatlarda 20 ta o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol va 3 ta assist amalga oshirdi.
Fikrlar