
"Yuventus" "Fiorentina" futbolchisi uchun 50 mln evrodan voz kechishga tayyor
Turinning “Yuventus” klubi “Fiorentina”ning hujumkor yarim himoyachisi Federiko Kezaning xizmatlariga jiddiy qiziqish bildira boshladi.
La Gazzetta dello Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “keksa sinora” 22 yoshli futbolchi uchun “binafsharanglilar”ga naqd 50 mln evro to‘lashga tayyor.
Ma’lumot uchun, Keza “Fiorentina” klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U bu mavsum A Seriyada 19 ta o‘yinda maydonga tushdi va 3 ta gol hamda 5 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar tuzilgan.
Fikrlar