
"Yuventus" Dibalani qanchaga sotmoqchi?
Turinning "Yuventus" klubi hujumchisi Paulo Dibala yaqinlashib kelayotgan yozgi transferlar davrida jamoasini o‘zgartirishi kutilmoqa.
Tuttosport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “keksa sinora” rahbariyati 25 yoshli argentinalik futbolchini 100 million evroga baholamoqda. Unga esa "Bavariya" va "Liverpul" kabi jamoalardan takliflar bor.
Ma’lumot uchun, Dibala joriy mavsum A Seriyada jami 27ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 5ta gol hamda 6ta assist yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar