"Yuventus" APL klubining Yildiz bo‘yicha taklifini rad etdi
Londonning “Chelsi” klubi “Yuventus” a’zosi Kenan Yildizga qiziqish bildirdi. Bu haqda "Teamtalk" nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, “aristokratlar” 20 yoshli turk vingeri uchun 66 million evro taklif qilgan, biroq “keksa sinora” bu taklifni rad etgan. Klub o‘zining etakchi futbolchisini qo‘yib yuborish niyatida emas. Yildizning turinliklar bilan amaldagӣ shartnomasi 2029-yilning yozigacha mo‘ljallangan.
Ma’lumot uchun, joriy mavsumda hujumkor yarim himoyachi klub safida 8 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol va 4 ta golli uzatma muallifiga aylangan. "Transfermarkt" portali Kenanning bozor qiymatini 50 million evro deb baholagan.



Fikrlar