"Yuventus" 21 yoshli turk futbolchisini sotib olishga yaqin turibdi

  • 24 may, 2019, 08:50
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Turinning "Yuventus" klubi "Sassuolo" himoyachisi Merix Demiralga jiddiy qiziqib qoldi. Bu haqda italiyalik jurnalist Nikolo Skira o‘zining tvitterdagi sahifasida ma’lum qildi.

Tecno

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra klublar ayni damda 21 yoshli turkiyalik futbolchining transferi masalasida faol muzokaralar o‘tkazishmoqda va kelishuvga eririshga juda yaqin turishibdi. “Yuventus” Demiral uchun “Sassuolo”ga 15 mln evro to‘laydi, futbolchi esa turinliklar bilan 5 yillik shartnoma imzolaydi.

Ma’lumot uchun, Merix Demiral joriy mavsum “Sassuolo” safida jami 33ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 3ta gol yozdirib qo‘yishga erishdi. U bundan avval "Alanyaspor" va "Sporting" klublarida ham o‘ynagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!