"Yuve" Ronaldudan xabar kutyapti

  • 4 aprel, 2021, 18:18
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Yuventus”dagi kelajagi mavhum bo‘lib turgan Krishtianu Ronaldu mavsum yakunlanishini kutmoqda. U chempionat o‘yinlari yakunida faoliyatini qaerda davom ettirishi bo‘yicha qarorini e’lon qiladi.

Tecno

36 yoshli hujumchi ungacha Turin superklubi rahbariyati bilan uchrashadi. Ronaldu may oyida klub prezidenti Andrea Anelli va sport direktori Fabio Paratichi bilan muzokara o‘tkazadi.

Rahbariyat Ronalduning rejalarini oldindan bilmoqchi. Chunki portugaliyalik yulduz “Yuventus”dan ketadigan bo‘lsa, klub uning o‘rnini bosa oladigan yangi futbolchilarni topishi va kelishga ko‘ndirishi uchun vaqt kerak bo‘ladi.

Ronaldu joriy mavsumda A Seriyada 25 ta uchrashuvda raqiblar darvozasini 24 marotaba ishg‘ol qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!