"Yuve" bir yulduz uchun ikki futbolchini beradi

  • 31 mart, 2021, 14:05
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Yuventus” rahbariyati yozda Pol Pogbani Turinga qaytarish uchun ikki futbolchidan voz kechishga qaror qildi.

Tecno

Turinliklar “Manchester Yunayted” o‘yinchisining transferiga pul topish maqsadida yarim himoyachilar Aaron Remzi va Adrien Raboni sotib yuboradigan bo‘ldi. O‘z navbatida, manchesterliklar yangi shartnoma bo‘yicha kelishuvga erisha olmaganidan keyin frantsiyalik yarim himoyachini sotib yuboradi.

Sulsher maydon markazida Jeydon Sancho, Jek Grilish kabi angliyalik futbolchilarni o‘ynatishni maqsad qilgan va bu transfer uchun kattagina mablag‘ kerak bo‘ladi. 

“Yuventus”dan ketishi kerak bo‘lgan o‘yinchilarga ham xaridorlar etarli. Remzini “Vest Xem”, “Tottenxem” va “Byornli” o‘z tarkibida ko‘rmoqchi, Raboning nomi “Barselona” va “Manchester Siti” ro‘yxatiga kiritilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!