
Yurgen Klinsmann nima uchun "Gerta"ni tark etmoqchi?
Berlinning "Gerta" klubi bosh murabbiy Yurgen Klinsmann iste’foga chiqadi.
55 yoshli mutahassis nemis klubini o‘tgan yil dekabrida qabul qilib olgan va ortda qolgan davr mobaynida 10 ta o‘yinda 3 g‘alaba, 3 durang va 4 ta mag‘lubiyat bilan turnir jadvalida 14 o‘rinni egallab turibdi.
"Noyabr oyi oxirida qiyin vaziyatdagi klub rahbariyatiga yordam berish uchun jamoaga keldim. Biz to‘g‘ri yo‘lda edik. Hozir chempionatning quyi o‘rinlari bilan ochkolar farqimiz 6 tani tashkil etadi, "Gerta" endi ligada jon saqlash uchun kurashishiga to‘g‘ri keladi.
Bosh murabbiy sifatida, faqat klub rahbarlarining ko‘magi kamlik qiladi, balki futbolchilar va klub ishchilarining yordami ham kerak. Ammo bunday bo‘lib chiqmasa, men javobgarlikni o‘zimga ololmayman, shu sabab ketishga qaror qildim", - deydi Klinsmann.
Fikrlar