
Yurgen Klinsmann APL klubini boshqarishi mumkin
Germaniyalik mashhur mutaxassis Yurgen Klinsmann yana murabbiylik faoliyatini davom ettirishi mumkin.
Newcastle Chronicle nashrining xabar berishicha 54 yoshli murabbiyga "Nyukasl"dan jiddiy qiziqishlar bo‘lmoqda. Agar Rafael Benites “qarg‘alar” bilan shartnomani uzaytirishdan bosh tortsa, ular ushbu lavozimga aynan Klinsmanni olib kelishmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Klinsmann Berlinning “Gerta” klubini boshqarishi mumkinligi haqida ham xabarlar tarqalgan edi.
Ma’lumot uchun, Yurgen Klinsmann o‘z vaqtida Germaniya va AQSh terma jamoalarini boshqargan. Shuningdek u “Bavariya” klubida ham faoliyat olib borgan.
Fikrlar