Yunon-rim kurashi bo‘yicha O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tmoqda

CHERY AUTO

Joriy yilning 15–17 oktyabr kunlari Chirchiq shahrida joylashgan O‘zbekiston Davlat Jismoniy tarbiya va sport universitetida sportning yunon-rum kurashi turi bo‘yicha U-20 yoshlar toifasidagi O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tmoqda.

Tecno

Kuni kecha chempionatning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Toshkent viloyati Sport boshqarmasi boshlig‘i ishtirok etdi.

Marosimda O‘zbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi raisi o‘rinbosari Galatis Xristos Georgos, murabbiylar, sportchilar hamda ko‘plab mehmonlar ishtirok etdilar.

Musobaqada 10 ta yosh toifasidagi kurashchilar bellashuvlarni boshlab, g‘alaba uchun jonbozlik ko‘rsatmoqdalar. Ushbu chempionat yosh kurashchilar uchun o‘z mahoratini namoyish etish, tajriba orttirish va milliy terma jamoaga munosib nomzod bo‘lish yo‘lida muhim sinov bo‘lib xizmat qilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi xabar berdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!