Yunon-rim kurashchilarimiz jahon chempionatida sovrindor bo‘lishdi

CHERY AUTO

Serbiyada o‘tkazilayotgan sport kurashlari bo‘yicha U 23 jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi dastlabki medallarini qo‘lga kiritdi. Yunon-rim kurashchilarimiz Abror Atabaev va Hojiakbar Qo‘chqorov musobaqaning kumush hamda bronza medaliga sazovor bo‘ldilar.

Tecno

-72 kg vazn toifasida ishtirok etgan polvonimiz final yo‘lida Xitoy, neytral maqomda kurashgan Rossiya, Gruziya va Qozog‘iston vakillarini mag‘lubiyatga uchratishga erishdi. Biroq hal qiluvchi bosqichda eronlik raqibiga imkoniyatni boy berdi va dunyo birinchiligini ikkinchi o‘rinda yakunladi.

-55 kgda kurashgan Qo‘chqorov esa chorak finalda ozarbayjonlik raqibiga imkoniyatni boy bergach, o‘tish bosqichida Xitoy, bronza medali uchun bahsda esa Eron vakilini mag‘lubiyatga uchratdi.

Bu haqda MOQ xabar bermoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!