Yugurishda bu futbolchiga hech kim etolmaydi

  • 3 iyun, 2024, 21:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Give me Sport portali ekspertlari Evropaning “Top-5” chempionatlarida o‘ynayotgan futbolchilar orasida eng tez yuguradiganini aniqlashdi.

Tecno

Tezkorlik borasida “Real” himoyachisi Antonio Ryudigerga etadigani yo‘q ekan. Germaniyalik futbolchi yakunlangan mavsumda soatiga 36,7 kilometr tezlik qayd etgani aniqlangan.

Keyingi o‘rinlarni Angliya Premer-ligasi vakillari – “Liverpul” hujumchisi Muhammad Saloh va “Fulxem” yarim himoyachisi Adama Traore egalladi. Har ikki futbolchi soatiga 36,6 kilometr tezlikda yugurdi.

Bundesligada eng katta tezlikni Dortmundning “Borussiya” klubida o‘ynayotgan Karim Adeyemi ko‘rsadi va uning tezligi soatiga 36,65 kilometr bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!