Yosh yulduzga “Barsa”ning ishi yoqmadi

  • 8 fevral, 2022, 17:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona”da o‘zini ko‘rsatayotgan Gavining xaridorlari tobora ko‘payib bormoqda. Evropaning bir necha grand klublari 17 yoshli yarim himoyachini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.

Tecno

Kataloniyaliklar ham o‘z tarbiyalanuvchisining jamoada qolishini istaydi. Biroq, klub mutasaddilari taklif qilgan yangi bitim futbolchini qoniqtirgani yo‘q.

Gavi unga xizmatlariga yarasha haq to‘lanishini so‘ramoqda. Klub hozirgi sharoitda futbolchilarga katta maosh to‘lashni uddalay olmasligini bildiryapti. 

Agar klub mavsum oxirigacha o‘yinchiga ma’qul keladigan shartnoma bermasa, Gavi yozda boshqa jamoaga o‘tib ketishni rejalashtirmoqda.

Yosh iqtidor egasi joriy mavsumda barcha turnirlarda 27 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga ikkita gol va uchta assist yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!