
Yosh yulduzcha “Real”ga o‘tish yo‘lini topdi
Frantsiya futbolining yorqin yulduziga aylanishi kutilayotgan Eduardo Kamavinga manfaatlarini himoya qilish uchun Stellar Group agentligi bilan shartnoma imzoladi. Bu agentlikka Garet Beylning “Real”ga o‘tishida bosh bo‘ogan Jonatan Barnett rahbarlik qiladi.
“Renn” futbolchisining agentlik ishlarini yuritish huquqini qo‘lga kiritgan Barnett “Real” xo‘jayini Florentino Peres bilan do‘stona aloqalarga ega. Kamavinga esa, “Qirollik klubi”ning yozgi transfer davridagi asosiy nishonlaridan biri hisoblanadi.
18 yoshli yarim himoyachiga madridliklardan tashqari lari “Manchester Yunayted” va “Milan” ham jiddiy qiziqish bildiryapti. Transfer summasi 50 million evroga baholanayotgan Eduardo qaysi jamoa taklifini qabul qilishini mavsum yakunlanganidan e’lon qilishini bildirgan.
Fikrlar