Yosh xokkeychimizning AQShdagi mashg‘ulotlari qanday o‘tmoqda? (Foto)

  • 28 iyun, 2022, 18:20
  • 0
  • Xokkey
CHERY AUTO

AQShning Finiks shahridagi xokkey akademiyasining taklifiga binoan yosh xokkeychimiz Salohiddin Azimov Qo‘shma Shtatlarga tashrif buyurishi haqida ma’lum qilgan edik. Ayni paytga sportchimiz tengqurlari bilan o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini olib bormoqda. Sportchimiz bu haqida o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashar ekan, Amerika xokkey maktabining o‘ziga xosliklari haqida shunday deydi:

Tecno

Bu erda xokkey kutganimizdan ham kuchli ekan. 3 yil Qozog‘iston va 2 yil Rossiyada tengqurlarim bilan o‘ynab shuni aytishim mumkinki, bunaqa darajadagi qiyin xokkey va kuchli mahorat egalari bilan hali to‘qnash kelmadim. Meni bu erda iliq qabul qilishdi. Murabbiylar shu paytgacha men ko‘rmagan mashg‘ulotlarni o‘rgatishmoqda. Ayniqsa, bu akademiyaning konkida harakatlanish bo‘yicha eng kuchli maktabga ega ekani haqida eshitganlarim haqiqatligiga guvoh bo‘lyapman”, – deydi Salohiddin Azimov.

Ahamiyatlisi, yosh xokkeychimizning otasi yig‘in yakunlangach mahalliy klublardan birining yoshlar jamoasi bilan shartnoma imzolanishi kutilayotgani haqida ma’lum qildi. Bu boradagi yakuniy qaror kelasi oyda aniq bo‘ladi.

xokk

xok

xokkkk

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!