Yaxshi bor, Shomurodov!

  • 11 noyabr, 2021, 09:49
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Roma” murabbiylar shtabi terma jamoalar o‘yinlari uchun milliy chempionatlarda e’lon qilingan qisqa muddatli tanaffus davomida o‘tkazilgan uchrashuvlarda yo‘l qo‘yilgan xatolar ustidan ishlaydigan bo‘ldi.

Tecno

Ma’lumki, Joze Mourino shogirdlari A Seriya va Konferentsiyalar ligasi doirasida oxirgi ettita uchrashuvdan faqat bittasida g‘alaba qozondi. Milliy chempionatda qator ochko yo‘qotishlardan so‘ng, rimliklar Chempionlar ligasiga yo‘llanma beruvchi kuchli to‘rtlikni tark etdi.

Ayniqsa, A Seriyadagi oxirgi mag‘lubiyat alamli bo‘ldi. “Venetsiya” mehmoni bo‘lgan “Roma” Eldor Shomurodovning goli va hamyurtimizning assistidan so‘ng Temmi Abraxam kiritgan to‘p evaziga hisobda oldinda bora turib, 2:3 hisobida imkoniyatni boy berdi.

163120_m

O‘zbek hujumchisining benefisiga aylangan uchrashuvdagi mag‘lubiyatni ham Joze Mourino tarkibdagi kamchiliklar va hakamlar xatosi bilan bog‘ladi. Shunga qaramay, “Roma” tarkibini kuchsiz deb bo‘lmaydi. Chunki bu klubning o‘n nafardan ziyod futbolchisi dunyo bo‘ylab turli mamlakatlar terma jamoalari a’zosi hisoblanadi.

Zotan, bu gal “Roma”ning 12 nafar o‘yinchisi Evropa, Osiyo  va Afrika qit’alaridagi rasmiy va xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlarida qatnashish uchun o‘z yurtining bosh jamoasi ixtiyoriga jo‘nab ketgani xabar qilindi.

“Roma”ning so‘nggi bahsida eng zo‘r o‘yinchilardan biri sifatida e’tirof etilgan Eldor Shomurodov 15 noyabr kuni Gruziya milliy terma jamoasiga qarshi o‘tkaziladigan o‘rtoqlik uchrashuvida ishtirok etish uchun bosh murabbiy Srechko Katanets ixtiyoriga kelib qo‘shildi va mashg‘ulotlarni boshlab yubordi.

9F2A4669

Biz uchun ahamiyatlisi esa, terma jamoamiz sardori uzoq davom etgan golsiz seriyasiga barham berdi. Ayni paytda uning kayfiyati yaxshi va jangovar ruhda bo‘lajak o‘yinga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

 Ta’kidlash lozimki, Eldor Shomurodovga Gruziya terma jamoasi yaxshi tanish. Hujumchimiz 2017 yili Birlashgan Arab Amirliklarida gruziyaliklar bilan o‘tkazilgan o‘rtoqlik uchrashuvida qatnashib, raqib darvozasini ikki marotaba ishg‘ol qilgan. O‘sha bahs 2:2 hisobida durang bilan yakunlangan.

Umuman olganda, Shomurodovni A Seriyada ham o‘ziga xos o‘yin kutib turibdi. Joze Mourino shogirdlari 21 noyabr kuni Genuyaga safar uyushtirib, “Jenoa” mehmoni bo‘ladi. Ya’shi ma’lumki, Eldor A Seriyadagi debyut mavsumini aynan “Jenoa”da o‘tkazib, 31 ta uchrashuvda sakkizta gol urishga muvaffaq bo‘lgan. “Jenoa”ni rimliklarga qarshi uchrashuvga yangi bosh murabbiy – Andrey Shevchenko tayyorlayotgani ham uchrashuvga qiziqishni oshirmoqda.

Joze Mourino ham ixtiyorida qolgan o‘yinchilar bilan puxta tayyorgarlik ko‘rmoqda. Uning shogirdlari orasida Shomurodov tashqari yana 11 nafar futbolchi terma jamoadan chaqiruv olgan. “Roma” sardori Lorentso Pellegrini va Nikolo Dzanolo jarohati borligi uchun terma safidan chiqarilib, Rimga qaytarildi. Janluka Manchini va Brayan Kristante esa terma jamoa ixtiyorida qoldi.

Shuningdek, Genrix Mxitaryan Armaniston, Ruy Patrisiu Portugaliya,  Nikola Zalevski Polsha, Feliks Afena-Gyan Gana, Temmi Abraxam Angliya, Marash Kumbulla Albaniya, Jordan Veretu Frantsiya, Amadu Diavara Gvineya va Ebrima Darbo Gambiya milliy terma jamoalariga jo‘nab ketgan.

1629438352_shoma

Eslatib o‘tamiz,  o‘n ikki tur yakuniga ko‘ra oltita g‘alaba, bitta durang va beshta mag‘lubiyat qayd etgan “Roma” musoba jadvalida 6-pog‘onada bormoqda. Klub rahbariyati Joze Mourino oldiga chempionatni kuchli to‘rtlikda yakunlab, Evropa chempionar ligasiga yo‘llanma olish, Konferentsiyalar ligasi va Italiya kubogida zafar quchish vazifasini qo‘ygan.

“Roma” muxlislari: Shomurodov superfutbol qanday bo‘lishini ko‘rsatdi!

 “Barsa” engilmas jamoaga aylanadi. Xavi to‘rt superfutbolchini chaqirdi!

Mourino eshityapsanmi, bu futbolchi Rimga bormaydi!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!