"Yashirmayman, mavsumni "Surxon"da boshlashimiz kerak edi, shuning uchun Malayziyadan tushgan taklifni rad etgandim" - Bobur Yo‘ldoshev endi qaysi klubda to‘p suradi?

  • 15 yanvar, 2023, 09:36
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Iqtidorli himoyachi Bobur Yo‘ldoshev 2022 yilni “Qizilqum” safida o‘tkazganini bilasiz. Lekin shartnomasi tugagach, futbolchi u erdan ketdi.

Tecno

Ayni paytda u hech bir jamoa safida emas. Biroq tez orada vaziyatga oydinlik kiritilishi kutilmoqda. Bu haqida Bobur Yo‘ldoshev Sports.uz jurnalistiga aytdi.

- Qishki selektsiya chog‘ida futbolchilarning u klubdan bu klubga o‘tishlari muxlislarni befarq qoldirmaydi. Shu ma’noda aytganda, sizning ham yangi mavsumni qaysi jamoada boshlashingiz ishqibozlar uchun qiziq...

- Muzokaralar davom etyapti. Yaqin kunlarda hammasi aniq bo‘ladi. Hozir nomini aytmay turganim yaxshiroq bo‘ladi.

bobur1_1

- 2022 yilni “Qizilqum” safida o‘tkazdingiz. Navoiylarni tark etishingiz siz uchun eng to‘g‘ri yo‘lmidi yoki qolish imkoniyatingiz ham mavjudmidi?

- Qolish imkoniyatim mavjud edi. Hozirgacha telefon qilishyapti, klubga chaqirishyapti. U erdan ketganimdan hech ham afsuslanmayman. Menda shunaqaki, hech qachon ortda qolgan narsaga afsuslanish holati bo‘lmaydi. Nima bo‘lishi peshonamizga yozilgan. “Qizilqum”ga keladigan bo‘lsak, bilasiz u erga borgan futbolchilarning hammasi ketdi. Klub endi byudjetini qisqartirgan. E’tiborini ko‘proq mahalliy o‘yinchilariga qaratmoqchi. O‘tgan yilgiga qaraganda maqsadlari boshqacharoq. Natijada ketishga qaror qildik.

- O‘zingiz aytganingizdek, o‘tgan yilgi tarkibdan aksariyat etakchilar birdaniga ketishdi. Bunga munosabatingiz?

- Sharoit qoniqtirmagan. Hammani o‘ziga yarasha o‘ylashi, fikrlash doirasi bor. Yoppasiga ketdimi, boya aytganimdek, jamoaning bu yilgi maqsadlari boshqacharoq. Yoshlar va mahalliy futbolchilar bilan bu yilgi mavsumni o‘tkazishmoqchi.

bobur4_1

- “Qizilqum” chempionatda 5-o‘rinni egalladi. Bu qanchalik qoniqarli deb o‘ylaysiz?

- “Qizilqum” bungacha 5-o‘rinni 19 yil oldin qo‘lga kiritgan ekan, shunaqa deyishdi. Albatta, natija yaxshi, yomon emas. Lekin u erda to‘plangan futbolchilar bilan bemalol sovrinli o‘rinlarga kirsa bo‘lardi. Asosiy maqsadimi shu edi. Hammada ishonch ham bor edi. Bir so‘z bilan aytganda, shu narsaga ishonib u erga borgandik. “Qizilqum”da to‘plangan futbolchilar har doim sovrinli o‘rinlar uchun kurashadigan klublarda o‘ynagan. Agar rahbariyat tomonidan yanada yaxshiroq e’tibor bo‘lganida bemalol vazifani bajarsak bo‘lardi. Keraksiz paytlarda ochko ulashib qo‘ydik. Agar 6 ochko olganimizda to‘rttalikka kirgan bo‘lardik.

- Yangi mavsumda sizni “Surxon” tarkibida to‘p surishingiz haqida eshitgandim. Keyin bu tanlov amalga oshmadi, shundaymi?

- To‘g‘ri, yashirmayman, mavsumni “Surxon”da boshlashimiz kerak edi. “Surxon”ga va’da qilib qo‘ygandim. Holbuki, oldimda xorijdan ham yaxshi variantim bor edi va uni ham bekor qilishimga to‘g‘ri keldi. Biz ishongandik. “Surxon”da bir kunda hamma narsa o‘zgarib ketdi. Lekin bu yil u erda katta o‘zgarishlar bo‘lishi kerak edi, reja bo‘yicha. Eshitgan bo‘lsangiz, “Surxon”ga yaxshi futbolchilar yig‘ilayotgandi.

bobur2

- Aynan qaysi mamlakatdan taklif bor edi?

- Aniq taklif Malayziyadan kelgandi. “Surxon” rahbariyatiga aytganman. Ular shu erda qol, hammasi yaxshi bo‘ladi, deb aytishgandi. Ammo keyin rahbariyat o‘zgarib ketdi.

Shuhratbek Jo‘raev.   

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!