"Yaponiyalik Messi" "Real"dan ketishni istamadi

  • 15 avgust, 2019, 20:17
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" klubining yarim ximoyachisi Takefuso Kubo Madrid klubini tark etishni istamadi.

Tecno

18 yoshli futbolchi "Valyadolid" jamoasiga ijara asosida o‘tish taklifini rad etdi. U madridliklar safida qolib, yoshlar jamoasida o‘ynash uchun ham rozi.

Eslatib o‘tamiz, yaponiyalik futbolchi "Barselona" klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.

Ma’lumot uchun, Kubo shu yilning iyun oyida "Tokio" jamoasidan "Real" tarkibiga kelib qo‘shilgan.

O‘tgan mavsum futbolchi, Yaponiya klubi safida 16 ta uchrashuvda qatnashib, 5 ta gol urgan va 4 bor assistlik vazifasini bajargan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!