
"Yangier-Quruvchi"ning "ishtahasi" chakki emas. Jamoa tarkibi qaysi futbolchilar hisobiga kuchaytirilganini bilasizmi?
Yangi mavsumga tayyorgarlikni davom ettirayotgan “Yangier-Quruvchi” jamoasi bir qator futbolchilar bilan shartnoma imzolagani xususida klub matbuot xizmati xabar bermoqda.
Shuningdek, o‘tgan yillarda jamoada o‘ynagan bir qator yoshlar bilan ham shartnoma muddati uzaytirildi. E’tiborlisi, “Yangier-Quruvchi” o‘z safini muxlislarga yaxshi tanish bo‘lgan o‘yinchilar hisobiga kuchaytirmoqda.
JAMOAGA YaNGI KELIB QO‘ShILGANLAR:
Qaxramon Bahodirov – (“Mash’al”)
Siroj Meliev – (“Dinamo”)
Timur Usmonov – (“Dinamo”)
Asiljon Begimqulov – (“So‘g‘diyona”)
Shohruh Xolmatov – (“Buxoro”)
Elyor Mamasoliev – (“Xorazm”)
Said Abdujabborov – (“Tsementchi”)
Bunyod Shodiev – (“Ko‘ktosh”, Tojikiston)
Muhiddin Odilov – (“Ko‘ktosh”, Tojikiston)
Muhriddin Rasulov – (“Mash’al”)
Suhrob Berdiev (“Qo‘qon-1912”)
Abduqahhor Hojiakbarov (“Turon”)
Ahror Umarjonov (“Qizilqum”)
ShARTNOMASI MUDDATINI UZAYTIRGANLAR:
Sarvar Xusanov
Bekzod Tolibjonov
Bunyod Abdumannonov
Oybek Ahmatov
Nodir Yo‘ldoshev
Fikrlar