"Yangier" bosh murabbiyi: Mag‘lubiyatni o‘z zimmamga olaman, chunki...

  • 27 mart, 2022, 19:04
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun Pro-liganing 4-turida “Sho‘rtan” o‘z maydonida “Yangier”ni qabul qildi va 4:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Tecno

Uchrashuvdan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Bekzod Qodirqulov o‘zining o‘yin haqidagi fikrlarini bildirib o‘tdi.

-O‘yin qiyin bo‘lishi avvalgan bilgandik. Chunki dastlabki 3 ta turda 2 ta mag‘lubiyat va 1 durang qayd etgan “Sho‘rtan” o‘z maydonida faqat g‘alaba uchun harakat qilishi aniq edi. Tezkor gol esa rejalarimizni buzib yubordi. Ushbu goldan so‘ng futbolchilar o‘zini yo‘qotib qo‘ydi, himoyada ham, hujumda ham harakatlarimiz umuman o‘xshamadi. Raqib jamoaning har bir yaratgan vaziyati gol bilan yakunlandi va bu futbolchilarning ruhiy holatiga salbiy ta’sir o‘tkazdi. Natijada futbolchilar keraksiz vaziyatlarda xatolarga yo‘l qo‘ydi va oqibatda gollar o‘tkazib yubordik.

3:0 dan so‘ng zaxiradan hujumchilarni tushirishga qaror qildik, chunki hisob 3:0 bo‘ladimi, 4:0 bo‘ladimi buni ahamiyati yo‘q edi. Shu bilan birga bugun maydonga tushgan futbolchilarni ham ayblamayman, chunki ular borini berib harakat qilishdi. Mag‘lubiyatni o‘z zimmamga olaman. Chunki tarkib tanlashda xatoga yo‘l qo‘ygan bo‘lishim mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!