Yangi mavsum oldidan "Turon" jamoasining taqdimot marosimi o‘tkazildi

  • 1 mart, 2023, 14:48
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, «Turon» jamoamiz yangi 2023 yilgi mavsumda O‘zbekiston Coca-Cola Superligasida ishtirok etadi. Shu munosabat bilan bugun O‘zbekiston tumani hokimligining anjumanlar zalida yangi 2023 yilgi mavsum oldidan taqdimot marosimi o‘tkazildi.

Tecno

Taqdimot marosimida klub rahbariyati, murabbiylar shtabi, futbolchilar, jamoa muxlislari bilan bir qatorda O‘zbekiston tumani hokimi Sherzodjon Yuldashev va boshqa mutassaddi tashkilotlar vakillari ishtirok etdilar.

Ko‘tarinki ruhda tashkil etilgan taqdimot marosimi davomida so‘zga chiqqan tuman hokimi Sherzodjon Yuldashev, jamoa bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov va fan klub raisi Amirullo Sobirovlar o‘z samimiy dil izhorlarini bildirgan xolda boshlanayotgan yangi mavsumda «Turon» futbol klubiga omad va muvaffaqiyatlar tilab tilak bildirdilar, - deyiladi klub matbuot xizmatining xabarida.

Ushbu tadbirdan olingan suratlarda ko‘rish mumkinki, jamoa a’zolariga o‘z raqamlari tushirilgan futbolkalar ham topshirilgan. Ammo bu borada alohida to‘xtalinmagan.

turon4

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!