
Yana Ronaldu haqida
Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martines jahon futboli tarixida terma jamoa uchun eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan va eng ko‘p gol urgan Krishtianu Ronaldu haqida fikr-mulohazalarini bildirdi.
- Ronaldu jamoa uchun juda muhim o‘yinchi. U jamoada uchrashuv taqdirini hal qiladigan juda muhim pozitsiya – hujum chizig‘ida o‘ynaydi. Krishtianuning tajribasi ulkan. Jahon futbolida o‘z terma jamoasi uchun 198 ta uchrashuv o‘tkazgan o‘yinchi yo‘q va bu ko‘rsatkich biz uchun juda qadrli.
Men jamoa uchun eng muhim va qiyin qarorlarni qabul qilaman. Krishtianu mart oyidagi uchrashuvlarimizda asosiy rolni o‘ynadi. Mana shu munosabatni har kuni ushlab turish katta ahamiyat kasb etadi, - dedi Roberto Martines.
38 yoshli hujumchi o‘z mamlakati terma jamoasi uchun 198 ta o‘yinda raqiblar darvozasini 122 marotaba ishg‘ol qilgan.
Fikrlar