
Yana bir tennischimiz chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi
Tojikistonning Dushanbe shahrida Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan o‘smirlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan musobaqada Aziz Dadaboev chorak finalga chiqdi.
Ikkinchi davra bosqichining o‘g‘il bolalar o‘rtasida o‘tgan bahslarda mamlakatimiz sharafini himoya qilgan Aziz Dadaboev xitoylik Venya Veini bilan raqobatlashdi.
O‘yinda hisob, 6:3, 4:1 bo‘lib turgan vaziyatda Venya uchrashuvni davom ettirishdan bosh tortdi. Shu tariqa Azizbek chorak finalda avstraliyalik Luka Vuletichni sinovdan o‘tkazadigan bo‘ldi.
Fikrlar