Yana bir suzuvchimiz JChda startga chiqdi

CHERY AUTO

Janubiy Koreyaning Kvangju shahrida suv sporti turlari bo‘yicha navbatdagi jahon chempionati o‘z yakuniga etib bormoqda. Bugun musobaqaning navbatdagi kun dasturida hamyurtimiz Natalya Kritinina ayollar o‘rtasida 50 metrga erkin usulda suzish bo‘yicha bahs olib bordi. 

Tecno

Saralashning ettinchi guruhida startga chiqqan vakilamiz masofani suzib o‘tish uchun 26.47 soniya vaqt sarfladi. Bu natija uning yarim finalga chiqishiga etarli bo‘lmadi. Kritinina musobaqani 42-natija bilan yakunladi. 

Mazkur yo‘nalishda amaldagi jahon rekordchisi shvetsiyalik Sara Shestryom saralashdagi eng yaxshi natijani qayd etdi. Shvetsiyalik suzuvchining qayd etgan vaqti 24.26 soniyani tashkil etadi. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!