
Yamal katta gapirib qo‘ydi
“Barselona” Evropa Chempionlar ligasi yarim finalida ikki uchrashuv natijasiga ko‘ra, “Inter”dan 6:7 hisobida engilib, musobaqani tark etdi.
Kataloniyaliklarning 17 yoshli etakchisi Lamin Yamal alamli mag‘lubiyatdan keyin klub muxlislariga katta va’da berib yubordi.
- Biz uchrashuvda bor kuchimizni berdik, biroq bu musobaqaga yana qaytamiz, bunga umuman shubha qilmang. Biz klubni o‘zining munosib joyiga – ya’ni, cho‘qqiga qaytarmagunimizcha to‘xtamaymiz.
Men muxlislarga bergan so‘zim ustidan chiqaman va Chempionlar kubogini Barselonaga olib kelaman. Bu maqsadimizga etmagunimizcha, to‘xtamaymiz, - dedi Lamin Yamal.
Lamin Yamal joriy mavsumda barcha turnirlarda 51 ta uchrashuv o‘tkazib, raqiblar darvozasini 15 marotaba ishg‘ol qildi va jamoadoshlariga 24 ta golli pas berdi.
Fikrlar