Yamal “Barsa”ga superfutbolchi tanlab berdi

  • 21 fevral, 21:43
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona”ning eng yorqin yulduzlaridan Lamin Yamal hozirgi tarkibga qaysi futbolchini qo‘shish kerakligi haqidagi savolga javob berdi.

Tecno

- Agar “Barselona”ga faqat bittagina futbolchi qo‘shib olish imkoni bo‘lsa, kimni tanlardim? Hammangiz bu savolga Neymar, deb javob berishimni kutyapsiz. Lekin men Jamol Musialani tanlardim... Afsuski, uning shartnomasi bor, - dedi Yamal.

Ta’kidlash joizki, “Barselona” haqiqatan ham Jamol Musialani transfer qilish imkoniyatlarini o‘rganib chiqayotgan edi. Biroq 21 yoshli pleymeyker bir necha kun avval Myunxen superklubi bilan amaldagi shartnomasini 2030 yilning yozigacha uzaytirdi.

O‘z navbatida, Lamin Yamalning kataloniyaliklar bilan hamkorlik bitimi 2026 yilning 30 iyunida yakunlanadi. Lekin ispan futbolchisi bir necha oydan keyin 18 yoshga to‘ladi va klub o‘z tarbiyalanuvchisi bilan uzoq muddatli shartnoma tuzadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!