Xose Kalexon La Ligaga qaytishi mumkin

  • 13 yanvar, 2020, 10:35
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Napoli" yarim himoyachisi Xose Kalexon "Espanol" klubi qiziqishlari doirasiga kirdi, deya xabar bermoqda Mundo Deportivo.

Tecno

Kataloniya klubi yanvar oyida hujum chizig‘ini kuchaytirishni rejalashtirmoqda, shu sabab "Espanol" neapolliklar forvardi uchun taklif yuborish niyatida.

Forvardning A Seriya klubi bilan shartnomasi joriy yilning iyunida o‘z nihoyasiga etadi. Shuning uchun ispan klubi futbolchining narhi qimmat bo‘lmasligiga umid qilmoqda.

32 yoshli futbolchi joriy mavsumda, Jennaro Gattuzo jamoasida 23 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol va 8 ta gollik uzatma muallifiga aylangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!