“Xo‘roz” Muhammad Salohning “Roma”dagi vorisiga aylandi

  • 28 avgust, 2022, 20:37
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Roma” uzoq kutilgan hujumchi Andrea Belottini qo‘lga kiritdi. Italiyalik to‘purar o‘tgan mavsum oxirida “Torino”ni tark etib, erkin agent maqomida yurgan edi.

Tecno

Belotti rimliklar bosh murabbiyi Joze Mourinoning qo‘ng‘irog‘idan keyin o‘ziga bir necha mamlakatlar jamoalaridan bo‘lgan chorlovlarni rad etib, “bo‘rilar” safiga qo‘shilish imkoniyati paydo bo‘lishini kutdi.

Mana kutilgan onlar keldi va endi 28 yoshli hujumchi poytaxtliklar safida Chempionlar ligasi yo‘llanmasi uchun kurashadi.

Calciomercato Roma saytining xabar berishicha, Andrea Belotti yangi jamoasida 11-raqamni tanlagan. O‘tgan mavsum bu raqamda Karles Peres qayd etilgandi.

“Roma” tarixida 11-raqamda porlagan eng zo‘r futbolchilardan biri Muhammad Saloh edi. Rimlik muxlislar Belottidan misrlik hujumchi singari o‘zini ko‘rsatishiga umid qilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!