"Xorazm" bosh murabbiyi: "Bu kutilmagan zarba bo‘ldi"

  • 3 aprel, 2024, 05:12
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Pro liganing 4-turida “Xorazm” Farg‘onada “Qo‘qon-1912”ga qarshi maydonga tushdi. Urganchliklar o‘z darvozasidan javobsiz uchta gol o‘tkazib yuborgan holda bu yilgi mavsumdagi ilk mag‘lubiyatini tan oldi. Bellashuvdan keyin “Xorazm” bosh murabbiyi Ruslan Ahmedov mag‘lubiyat sabablari xususida to‘xtaldi.

Tecno

- “Qo‘qon-1912” jamoasini g‘alaba bilan tabriklayman. Ular bunga haqli, deb o‘ylayman. Tezkor gol o‘tkazganimiz o‘yinimizga ta’sir qildi. Kutilmagan holatda uzoqdan zarba berildi va gol. Bunda darvozabonni aybi desam ham bo‘lmaydi. Sirpanchiq edi, oldindan buni hisobga olmagandir, balki. Harakat qildik. Zaxiradan o‘yinni kuchaytiramiz deb ikkinchi golni ham o‘tkazib yubordik. Uchinchi gol umuman kutilmagan holatda bo‘ldi. Hakamlar uchinchi golni hisobladilar. Videotakrorda ko‘rganimizda ikkita himoyachimiz bir chiziqda turishgandi. Darvozabon to‘pni qo‘lidan chiqargan taqdirda ham o‘zimizni o‘yinchiga urildi. Mayli, yana bir bor qo‘qonliklarni g‘alaba bilan tabriklayman. Ikkinchi taymda o‘yinni biroz kuchaytirib, bir-ikkita vaziyatlar yaratdik. Gol urolmadik. Hayot davom etadi, bu futbol. Albatta, safarda 3:0 hisobida yutqazish achinarli. Kutilmagan natija. Keyingi o‘yinlarga tayyorgarlik ko‘ramiz.

- Oldingi o‘yinlarga nisbatan bugun “Xorazm” ancha sust harakat qildi, ayniqsa, o‘yin boshida...

- Futbol shunaqa narsada. Real holatni oladigan bo‘lsak, “Qo‘qon-1912”, “Buxoro” klublari Superligaga da’vogarlar hisoblanishadi. Balki yuqori o‘rinlarda yurganimiz bizga ruhiy tomondan ancha xotirjamlik bag‘ishlagandir. Lekin aytganman: har bir uchrashuvga “nastroy” qilish kerak. Hammasini tahlil qilib chiqamiz. Hammasi Xudodan. Bu kutilmagan zarba bo‘ldi. Keyingi uchrashuvlarda ruhiy tomondan yanada ishlaymiz.

- Bu yil “Xorazm” tarkibini shakllantirdi. Bir qator tajribali futbolchilarni jalb qildi. Bu yil Superligaga chiqish vazifasi qo‘yilganmi? Chunki bu yil pro ligadan Superligaga aniq uchta jamoa chiqadi.

- Rahbariyat tomonidan oldimizga aniq vazifa qo‘yilmagan. Harakat qilamiz, yuqori o‘rinlarga. Vaqt ko‘rsatadi. Jo‘jani kuzda sanaymiz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Искандар Нарзикулов
03/04/2024 12:02
Махсадсиз уйин жужани санаб утирманг