“Real”, bu futbolchi uchun 121 million evro sana!

  • 3 oktabr, 06:50
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya Premer-ligasining etakchi klublaridan hisoblangan “Chelsi” kelasi yozda ham transfer bozorida faollik ko‘rsatishga tayyorlanmoqda.

Tecno

Londonliklar yangi ijrochilarni taklif etish barobarida o‘z o‘yinchilarini sotib orqali ham klub g‘aznasiga daromadli tushumlarni amalga oshirmoqchi.

TEAMtalk nashrining yozishicha, “aristokratlar” anchadan beri “Real” nishonida turgan yarim himoyachi Entso Fernandesni transfer qilishga tayyor. Madridliklar yozda argentinalik jahon chempioniga qiziqish bildirgan edi. Lekin ish  rasmiy taklifgacha etib bormadi.

“Chelsi” o‘z o‘yinchisi “Qirollik klubi” nishonida turganini biladi va shu bois, ular Entso Fernandes uchun bo‘ladigan taklif 121 million evrodan boshlansa, muzokaraga tayyorligini bildirdi.

Gap shundaki, londonliklar Entso Fernandesni 2023 yilning boshida “Benfika”dan aynan shu summaga sotib olgan va bo‘lajak transferdan ziyon ko‘rmoqchi emas.

Transfermarkt portali 24 yoshli futbolchini 75 million evroga baholamoqda. Entsoning “Chelsi” bilan tuzgan shartnomasi 2032 yilning 30 iyunigacha davom etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!