XOQ prezidenti "Tokio-2020" Olimpiya o‘yinlariga sodiqligini tasdiqladi

  • 28 yanvar, 2021, 18:43
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Olimpizm
CHERY AUTO

Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi (XOQ) prezidenti Tomas Bax Ijroiya qo‘mitasining 27 yanvarda bo‘lib o‘tgan majlisidan keyin, Qo‘mitaning shu yil yozda "Tokio-2020" Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarini o‘tkazish bo‘yicha majburiyatini tasdiqladi.

Tecno

Tomas Bax majlisdan keyin, ommaviy axborot vositalari bilan suhbatda shunday dedi: “Biz butun e’tiborimizni Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarini muvaffaqiyatli, xavfsiz o‘tkazishga qaratganmiz. Keyingi bir necha kun davomida biz xalqaro federatsiyalar va Milliy olimpiya qo‘mitalari vakillari bilan telefon orqali suhbatlashdik, sportchilarning vakillaridan hisobotlarini oldik. Bugungi kunda biz ularning hammasi, 206 ta Milliy olimpiya qo‘mitasi, barcha xalqaro federatsiyalar va sportchilar ana shu Olimpiya o‘yinlarini qo‘llab-quvvatlayotganliklarini yana bir bor his qildik. Biz xuddi shunday sodiqlikni Yaponiya hukumati, musobaqa Tashkiliy qo‘mitasi va Yaponiya Olimpiya qo‘mitasida ham ko‘rib turibmiz”.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!