Xolandning shaxsiy hayotiga aralashmayman!

  • 27 oktabr, 07:23
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jurnalistlar bilan suhbatda jamoa to‘purari Erling Xolandning YouTube-kanal ochgani haqidagi savolga javob berishiga to‘g‘ri keldi.

Tecno

- Xolandning kanalini kuzatib boryapmanmi? Yo‘q. Men klubni  hurmat qilaman. Shaxsiy hayotga aralashmayman. Hamma istaganini qilishi mumkin. Eng asosiysi – klubni hurmat qilish. Qolgan masalalarda futbolchilarning ixtiyori o‘zida, - dedi Xosep Gvardiola.

Erling Xoland Xosep Gvardiola qo‘l ostida jahonning eng zo‘r to‘purarlari qatoriga qo‘shildi. 25 yoshli forvard joriy mavsumda “Manchester Siti” tarkibida to‘qqiz marotaba maydonga tushib, raqiblar darvozasini 11 marotaba ishg‘ol qildi va to‘purar poygasida etakchilik qilmoqda.

Xoland Angliya Premer-ligasiga kelgunga qadar Norvegiya, Avstriya va Germaniya chempionatlari ishtirok etib, bu ligalarda ham muntazam to‘purarlik mahoratini namoyish qilib kelgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!