
Xolandning o‘rniga boshqa yulduz olamiz
“Borussiya” klubi rahbariyati kelasi yozda jamoa hujumchisi Erling Xoland jamoani tark etishiga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Dortmundliklar hozirdan norvegiyalik to‘purar o‘rnini bosishi mumkin bo‘lgan hujumchi qidira boshladi.
Bild nashrining ma’lum qilishicha, “Borussiya” mutasaddilari Xoland o‘rniga “Chelsi” hujumchisi Timo Vernerni olib kelmoqchi. Germaniyalik hujumchi o‘tgan yili Angliya premer-ligasiga ko‘chib o‘tgandi. Biroq, Verner Angliya premer-ligasida o‘zini etarli darajada ko‘rsata olmayapti.
Verner aval “Leyptsig” jamoasida to‘p tepgan va Bundesliganing eng zo‘r to‘purarlaridan bo‘lgan.
Ma’lumotlarga qaraganda, Vernerga Levandovskiga o‘rinbosar qidirayotgan “Bavariya” ham ko‘z tikayotgani aytilmoqda.
Fikrlar