
Xolandga xaridor jamoa transfer bozorini “portlatadi”!
“Chelsi” Evropa Chempionlar ligasida g‘olib chiqqanidan keyin klub rahbari Roman Abramovich bosh murabbiy Tomas Tuxelni supertransferlar bilan qo‘llab-quvvatlamoqchi. Germaniyalik mutaxassis kelasi yili Angliya chempionligi uchun kurashishni maqsad qilgan.
Uning talabiga ko‘ra, jamoaga superto‘purar kerak. Tuxel Erling Xolandni kutmoqda.
“Aristokratlar” rahbariyati “Borussiya”ni Xoland transferiga ko‘ndirish uchun 150 million funt ko‘rsatilgan taklif tayyorlayapti.
Londonliklarning fikriga ko‘ra, dortmundlik bu summadan voz kecha olmaydi va norvegiyalik to‘purarni Angliyaga qo‘yib yuborishga rozi bo‘ladi.
Buyuk Britaniyada eng qimmat transfer egasi Pol Pogba hisoblanadi. 2016 yilda “Manchester Yunayted” frantsiyalik yarim himoyachi uchun “Yuventus”ga 90 million funt to‘lagan.
Fikrlar