Xolandga “Barsa” nomidan uchta qo‘ng‘iroq bo‘ldi

  • 3 dekabr, 2020, 19:35
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Futbol cho‘qqisiga ko‘tarilayotgan Erling Xoland “Borussiya”da uzoq qolmasa kerak. Unga xaridor bo‘layotgan klublar safi tobora ortib bormoqda.

Tecno

Norvegiyalik hujumchining agenti Mino Rayola “Barselona” prezidentligiga nomzod bo‘lganlarda uch nafari unga Xoland transferi bo‘yicha qo‘ng‘iroq qilganini oshkor qildi. Agent ularga Erlingning transferi uchun “Borussiya”ga 70 million evro va futbolchining otasiga ma’lum miqdorda gonorar to‘lanishi kerakligini aytgan.

Avvalroq, Kataloniya klubi rahbarligiga nomzod bo‘lgan sobiq prezident Joan Laporta agar saylovda g‘olib chiqsa, Rayola bilan do‘stligi yordamida Xolandni yozda “Barselona”ga olib kelishga va’da qilgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!