Xoland: "Mavsumni muvaffaqiyatli deb bo‘lmaydi"

  • 15 may, 16:48
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Siti" hujumchisi Erling Xoland joriy mavsumda jamoa natijalari haqida fikr bildirdi. Hozirgi vaqtda Xosep Gvardiola boshqaruvidagi jamoa Angliya Premer-ligasida 65 ochko to‘plagan holda, to‘rtinchi o‘rinda bormoqda.

Tecno

— Agar siz APLni to‘rt marta ketma-ket yutgan bo‘lsangiz va beshinchi marta yutmagan bo‘lsangiz, bunday mavsumni muvaffaqiyatli deb bo‘lmaydi. Biz aynan shunday standartlarni o‘rnatganmiz. APLda etarlicha yaxshi o‘ynay olmadik, ammo hali ham Chempionlar ligasiga yo‘l olishga umid bor.

Bu mavsumda biz etarlicha barqaror emasdik va ko‘p o‘yinlarda g‘alaba qozona olmadik. Muhim o‘yinlarda yaxshiroq o‘ynashimiz kerak edi. Etarlicha g‘alabali seriya ham bo‘lmadi.

Albatta, mavsum davomida jarohatlar bo‘ldi. Lekin bu bahona bo‘lolmaydi.

Har birimiz etarlicha yaxshi formada emasdik. Agar eng yaxshi holatingda bo‘lmasang, bu mamlakatda o‘yinlarda g‘alaba qozonish juda qiyin, – deya ta’rif berib o‘tdi norvegiyalik forvard.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!