Xoland gol urishda Ronaldudan o‘zib ketdi
Angliya Premer-ligasi chempionligi uchun asosiy da’vogarlardan hisoblangan “Manchester Siti” 16-tur uchrashuvini raqib maydonida o‘tkazib, “Kristal Pelas” darvozasiga javobsiz uchta to‘p kiritdi.
“Shaharliklar”ning g‘alabasini Erling Xolandning ikkita va Fil Fodenning bitta goli ta’minladi.
25 yoshli norvegiyalik to‘purar dubl evaziga Krishtianu Ronaldudan gollar soni bo‘yicha o‘zib ketdi. Gap shundaki, Xoland Angliya Premer-ligasida hozirgacha 168 ta o‘yinda raqiblar darvozasini 147 marotaba ishg‘ol qilgan.
Krishtianu Ronalduning APLdagi gollari soni 145 tani tashkil qilmoqda. Bu ko‘rsatkichni qayd etish uchun portugaliyalik yulduz “Manchester Yunayted”da ikki marotaba faoliyat ko‘rsatib, jami 346 ta bahsda maydonga tushishiga to‘g‘ri kelgan.
Joriy mavsumda esa, Erling Xoland klub safida barcha musobaqalarda 22 ta o‘yin o‘tkazib, 23 ta gol va 3 ta golli uzatma amalga oshirgan.



Fikrlar