
Xoland “Barsa”ga qo‘ygan shart ma’lum bo‘ldi. Bu Messi bilan bog‘liq masala
Yaqinda Erling Xolandning otasi o‘g‘lining agenti Mino Rayola bilan birga “Barselona” rahbariyati bilan muzokara olib borgan edi.
Ma’lumotlarga qaraganda, norvegiyalik to‘purar Kataloniya klubiga o‘tish shartini aytgan. Unga ko‘ra, agar Xoland “Barselona”ga kelsa, jamoa sardori va etakchisi Lionel Messi ham kamida bir yil u bilan birga o‘ynashi kerak. Avvalroq, kataloniyaliklar Messi va Xolandni bir paytning o‘zida moliyalashtira olmasligini ma’lum qilgandi.
O‘z navbatida, Kataloniya klubi prezidenti Joan Laporta shaxsan o‘zi Messi bilan yangi shartnoma bo‘yicha muzokara olib boryapti. Argentinalik yulduz ham unga jamoa keyingi 2-3 yil Evropa Chempionlar ligasida g‘olib bo‘lishini ta’minlaydigan ishonarli loyiha taqdim etishini talab qilgan.
Laporta qanday qarorga kelishini vaqt ko‘rsatadi. Chunki Messi yakuniy qarorini chempionat yakunlanganidan keyin e’lon qiladi.
Fikrlar