Xoland avtobusga urildi

  • 8 sentabr, 00:06
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekistonlik futbol ishqibozlari Abduqodir Husanov o‘ynayotgan “Manchester Siti”ga muxlislik qilishini inobatga olib, sports.uz portali ushbu klubga oid qiziqarli ma’lumotlarni o‘quvchilar e’tiboriga havola qilishni davom ettiradi.

Tecno

“Manchester Siti”ning keyingi yillardagi eng zo‘r hujumchisi Erling Xoland Norvegiya terma jamoasi yig‘inida g‘alati ahvolga tushib qoldi.

Ma’lumotlarga qaraganda, 25 yoshli to‘rurar e’tiborsizlik tufayli yuzini avtobusning eshigiga urib olgan va shikastlangan. Bu haqda Xolandning o‘zi yuzini selfi qilib, izoh ham yozib qoldirdi.

- Hozirgina yuzimni avtobus eshigiga urib oldim. Yuzimga uchta chok tushdi. To‘g‘risini aytsam, hozir ko‘rinishim yomon emas, - deb yozdi Xoland surat ostiga.

Erling Xoland 4 sentyabr kuni Finlyandiyaga qarshi o‘tkazilgani uchrashuvda gol urib, Norvegiyaning 1:0 hisobidagi g‘alabasini ta’minladi.

Endi norvegiyaliklar 9 sentyabrda 2026 yilgi jahon chempionati saralash turniri doirasida Moldova terma jamoasiga qarshi rasmiy uchrashuv o‘tkazadi.

Eslatib o‘tamiz, Erling Xoland 2019 yildan beri Norvegiya terma jamoasi a’zosi hisoblanadi. U hozirga qadar xalqaro maydonda 43 ta uchrashuv o‘tkazib, raqiblar darvozasini 42 marotaba ishg‘ol qilgan.

“Manchester Siti” bilan g‘alati o‘yin bo‘ladi

Evropa Chempionlar ligasining umumiy guruhida “Manchester Siti” futbolchilari “Napoli”ga to‘qnash keladi. Bu bahs 18 sentyabr kuni “Etixad” stadionida bo‘ladi.

Yozgi transferlar davrida “Manchester Siti”dagi o‘n yillik faoliyatidan keyin klub bilan xayrlashib, “Napoli”ga ko‘chib o‘tgan Kevin de Bryuyne bo‘lajak o‘yin haqida o‘z fikr-mulohzalarini bildirdi.

- Bu juda qiziqarli va ayni paytda men uchun g‘alati o‘yin bo‘ladi. Chunki men bu gal raqib tomonida o‘ynayman. Biroq “Manchester Siti”ni har doim o‘zimning jamoam sifatida qabul qilaman.

Klubdan ketishimni muhokama qilganimizda, men agar Evropada qolsam, “Manchester Siti” bilan  Chempionlar ligasida to‘qnash kelib qolishimizni aytgandim, - dedi Kevin de Bryuyne.

Belgiyalik futbolchi “Manchester Siti” tarkibida olti marotaba Angliya Premer-ligasi chempioni va Evropa Chempionlar ligasi g‘olibi bo‘lgan.

Pep, 100 million evroga shogirdingni ber!

Angliya premer-ligasida o‘ynayotgan “Tottenxem” rahbariyati “Manchester Siti”da porlay boshlagan braziliyalik hujumkor futbolchi Savioni olish fikridan qaytgani yo‘q.

“Shporlar” yozgi transferlar davrida 22 yoshli futbolchi transferi bo‘yicha “shaharliklar”ga ikki marotaba taklif yubordi. Londonliklar ilgari surgan 58 va 70 million evro badal puli ko‘rsatilgan bitimlar manchesterliklarni qoniqtirgani yo‘q.

“Tottenxem” navbatdagi transferlar oynasi davomida Savioni olish uchun yaxshi taklif tayyorladi. Klub bu o‘yinchi uchun “Manchester Siti” belgilagan summa – 80 million evroni birdan to‘laydi va keyingi mavsum davomida yana 20 million evro qo‘shimcha mablag‘ o‘tkazadi.

Transfer bo‘yicha ekspertlar umumiy 100 million evro miqdoridagi mablag‘ “Manchester Siti” rahbariyatini transferga ko‘ndirishini ta’kidlayapti.

Ma’lumotlarga qaraganda, “Tottenxem”ga Savioning tezkorligi, hujum uyushtirish qobiliyati va m muhim vaziyatlarda aniq qaror qabul qilishi manzur kelayotgan ekan.

Tezkor: Husanovning ahvoli bo‘yicha ma’lumot chiqdi!

Husanov yana bir raqobatchidan qutiladi

Husanovni tanqid qilishdi: “O‘ylamay o‘ynayapti!”

Vinisius, Husanov bilan birga o‘ynaysan!

Husanovning ustozi APLni “yorvordi”!

Husanovda ayb yo‘q! 

Husanovni oxirigacha o‘ynatmagan Gvardiola alamli mag‘lubiyatdan keyin nima dedi?

Husanov – “Siti”dagi hech kimda yo‘q uch sifatga ega yagona futbolchi!

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!