
Xoland APL tarixida eng tez 50 ta gol urgan futbolchiga aylandi
APLning 13-turidan o‘rin olgan "Manchester Siti" - "Liverpul" uchrashuvi bo‘lib o‘tmoqda. O‘yinning 27-daqiqasida Xoland Alisson darvozasini isho‘g‘ol qilib, hisobni ochdi. Shu bilan birga, Prmeer-ligadagi yubiley 50-golini urdi.
Ma’lum bo‘lishicha, Erling ushbu natijaga erishish uchun eng kam bahsda ishtirok etgan futbolchiga aylandi. Buning uchun hujumchiga 48 ta o‘yin kifoya qildi.
Xolandan oldin 50 ta gol urish uchun eng kam uchrashuvda qatnashgan o‘yinchi Endi Koul bo‘lgan (65 ta o‘yin). Shuningdek, Alan Shirer (66), Van Nistelroy(68) va Fernando Torreslar(72) kuchli beshlikdan joy olgan.
Fikrlar