XIII "Tashkent Open" xalqaro turniri yakunlandi

CHERY AUTO
Poytaxtimizdagi shaxmat bo‘yicha Respublika ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktabida O‘zbekistonning birinchi grossmeysteri G.A’zamov xotirasiga bag‘ishlangan XIII "Tashkent Open" xalqaro turniri yakunlandi.
 
O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, mamlakatimiz shaxmat federatsiyasi va “Central Chess Club” MChJ tomonidan tashkil etilgan mazkur an’anaviy musobaqada dunyoning 14 davlatidan kelgan 250ga yaqin shaxmatchilar ”A” va ”B” guruhiga bo‘lingan holda g‘oliblik uchun o‘zaro kuch sinashdi.
 
Unda shaxmatchilar 9 tur davomida shveytsarcha tizimda g‘oliblik uchun dona surdi. Musobaqaning "A" guruhida belaruslik Aleksey Fedorov 7,5 ochko to‘plab musobaqa g‘olibiga aylandi. Hamyurtimiz Shamsiddin Vohidov echa 7 ochko bilan ikkinchi, braziliyalik Aleksandr Faer  6,5 ochko bilan uchinchi pog‘onadan joy oldi.
 
"B" guruhida esa umidli sportchilarimizdan Server Abduraimov, Avazbek Muzaffarov, Temur Shernazarov bir xilda 7,5 ochko toplagan holda XIII "Tashkent Open" xalqaro turnirining g‘olib va sovrindorlariga aylandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!