Xayrulla Hamidov: Qochib ketib gol urish borasida Eldor borgan sari monstrga aylanmoqda

  • 8 avgust, 2021, 10:30
  • Bekzod Isayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Eldor Shomurodov harakat qilayotgan "Roma" klubi mavsumoldi yig‘in davomida o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazmoqda. Rimliklar bu gal Ispaniyada "Betis" bilan kuch sinashdi. Bellashuvda "bo‘rilar" 5:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Biroq biz uchun ahamiyatlisi, hamyurtimiz ilk o‘yinidayoq gol urishga va bir marta assistni amalga oshirdi.

Tecno

Taniqli sharhlovchi Xayrulla Hamidov telegramdagi sahifasida ushbu voqelikka o‘z munosabatini bildirdi.  

- Qochib ketib gol urish borasida Eldor borgan sari monstrga aylanmoqda. Bir gol, bir assist - debyut o‘yinga yomonmas, a?!

Jamoasi yutqazdi darvoqe. Shomurodov o‘rtoqlik o‘yinida ham jang qiladigan, murabbiyi bilan qo‘shilib ikki futbolchisi qizil kartochka oladigan maskanga kelganini anglab oldi (Rasmiy o‘yinlar qanday bo‘ladi, bilmaymiz).

Xullas, nima bo‘lgan taqdirda ham tabrik! - dedi Xayrulla Hamidov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Турсун Ғани
08/08/2021 11:20
Хайрулла Хамедов 100% ҳақлар. Қочиб кетиб гол уруш бу бизнинг Шоманинг услуби бўлиб бормоқда. Фақат омад ва давомли ғалаба ва голлар тилаб қоламиз Элдорга.