
Xayr, "Oltin to‘p"?
Chempionlar ligasining nimchorak finalida "Liverpul" PSJ bilan to‘qnash keldi va birinchi bahsda g‘alaba qozonib, javob uchrashuvi oldidan ustunlikka ega bo‘lib oldi. Ikkinchi o‘yin "qizillar"ning uyida bo‘lishiga qaramay, Parij jamoasi zafar quchdi.
O‘yinning 12-daqiqasida Dembele umumiy hisobni tenglashtirdi. Shundan keyin ikkala tomon ham faollikni oshirdi. Bu bahsni gollarga boy o‘tmagan yil uchrashuvi, desak ham bo‘laveradi. Uchrashuv davomida PSJ 21, "Liverpul" esa 19 marta zarba berishga muvaffaq bo‘ldi. Ammo bitta gol bilan cheklandi va penaltilar seriyasiga o‘tildi.
Seriyada doimo kamida bir dona "anti qahramon" bo‘ladi. Bu safar bu mukofot Darvin Nunesga nasib qildi. U aniq zarba berishiga qaramay, Janlujji Donnarumma to‘pni qaytardi va kechaning qahramoniga aylanib ketdi. Penaltilarda 4:1 hisobi bilan Luis Enrike g‘alaba qozondi.
Bu mag‘lubiyat hammadan ham Muhammad Saloh uchun og‘riqlidir. Sababi, futbolchilik faoliyatida davomida u "oltin to‘p"ga har qachongidan ham yaqinroq edi. Jamoaning Chempionlar ligasi nimchorak finalidan uyga qaytishi hujumchining bu imkoniyatdan mosivo qilish ehtimoli yuqori. Kamiga kurash avvalgi yillarga qaraganda ancha qizg‘in ketmoqda...
Saloh ushbu mavsum ta o‘yinda maydonga tushib, ta gol urdi va ta assist amalga oshirdi. "Liverpul" APL chempioni bo‘lishi mumkin, lekin "Oltin to‘p" uchun bu etarli bo‘lmaydi. Buyog‘i Chempionlar ligasi g‘olibiga ham bog‘liq. Agarda "Barsa", "Real" yoki "Bavariya" chempion bo‘lsa, kurashda kim favorit bo‘lishini o‘zingiz yaxshi bilasiz.
Fikrlar