
Xavi Zidanning rekordini yangiladi
"Barselona" Ispaniya chempionatining 7-turi doirasida "Malorka"ni safarda mag‘lub etdi (1:0).
Kataloniyaliklar Xavi qo‘l ostidagi safardagi mag‘lubiyatsiz seriyasini 18 ta o‘yinga etkazdi (13 g‘alaba, 5 durang).
Bu natija orqali Xavi 2016 yilda safarda 17 o‘yindan iborat mag‘lubiyatsiz seriya qayd etgan (13 g‘alaba, 4 durang) “Real”ning sobiq bosh murabbiyi Zinedin Zidanning rekordini yangiladi.
"Barselona" navbatdagi safar o‘yinini 16 oktyabr kuni "Real"ga qarshi o‘tkazadi.
Fikrlar