
Xavi superhujumchining transferiga rozilik berdi
"Barselona"ning "Yuventus" hujumchisi Paulo Dibalaga nisbatan qiziqishi hamon so‘nmayapti.
Todofichajes nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, kataloniyaliklar bosh murabbiyi Xavi 28 yoshli argentinalik futbolchining transferiga rozilik bildirgan. Endi “Barsa” faqatgina Dibalaning o‘zi bilan kelishuvga erishsa bas. Eslatib o‘tamiz, uning “keksa sinora” bilan amaldagi shartnomasi yozda o‘z nihoyasiga etadi va u yangi jamoasiga erkin agent sifatida tekinga ko‘chib o‘tadi.
Paulo Dibala joriy mavsum “Yuventus” safida jami 24 ta o‘yinda maydonga tushdi va 11 ta gol hamda 5 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar