
Xavi so‘rayotgan futbolchiga APLdan ham xaridor topildi
"Vilyarreal" yarim himoyachisi Aleks Baena yaqin kelajakda faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirishi mumkin. Jurnalist Ekrem Konurning xabar berishicha, 22 yoshli futbolchiga Londonning “Arsenal” va “Nyukasl” klublari qiziqish bildirmoqda.
Joriy mavsumda Baena 19 ta rasmiy o‘yinda qatnashib, 4ta gol urdi va 6ta golli uzatmani amalga oshirdi. Nufuzli "Transfermarkt" portali ispaniyalik futbolchini 20 million evroga baholamoqda.
Avvalroq "Barselona" ustozi Xavi Ernandes Aleksni o‘z jamoasida ko‘rishni istayotgani haqida xabar berilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, "Vilyarreal" ayni damda La Liga turnir jadvalida 12-o‘rinni egallab turibdi.
Fikrlar