
Xavi Simons MYuga o‘tishi mumkin edi
"Manchester Yunayted" yozda Xavi Simonsni sotib olishga harakat qilgan.
Jurnalist Loik Tansining yozishicha, PSJ mankunianliklar va "Leyptsig"dan yirik takliflar olgan. Biroq ularni qabul qilmagan. Buning sababi shundaki, pul PSVga o‘tkazilishi kerak edi - bu Simons 2022/23 yilgi mavsumda o‘ynagan Niderlandiya bilan kelishuv shartlarida ko‘rsatilgan.
Futbolchi qayta sotilgan taqdirda tovon to‘lash to‘g‘risidagi band ma’lum sanagacha amal qilgan.
Oxir-oqibat PSJ Simonsni "Leyptsig"ga ijaraga berishga qaror qildi. Bundesligadagi 7 o‘yinda 20 yoshli yarim himoyachi 3 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Fikrlar