Xavi: Mana shu ikkisi menga kerak emas!

  • 26 dekabr, 2021, 15:25
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” bosh murabbiyi Xavi Ernandes  yangi yildan yarim himoyachisi Filippe Koutino va hujumchi Lyuka de Yongga ishonch bildirmasligini ma’lum qildi.

Tecno

Har ikki o‘yinchi yanvar oyida jamoani tark etishi kerak bo‘ladi. Lyuka de Yong “Sevilya”dan ijaraga olingani uchun undan qutilishi qiyin bo‘lmaydi. Biroq braziliyalik pleymeykerga yangi jamoa topish oson emas. Bunga uning katta maoshi sabab.

Koutino 2018 yili “Liverpul”dan 135 million evroga transfer qilingan edi. Shundan beri u asosiy tarkibga kira olgani yo‘q. Yaqinda u “Nyukasl”dan bo‘lgan taklifni qabul qilmadi. Uning kataloniyaliklar bilan shartnomasi 2023 yilning yozigacha tuzilgan.

2021 yilning avgustida “Sevilya”dan ijaraga olingan 31 yoshli de Yong o‘zini ko‘rsata olgani yo‘q. U shu paytgacha 13 ta uchrashuvda faqat bir marta gol urdi. Aslida uni jamoaga Ronald Kuman olib kelgandi. Xavi esa niderlandiyalik mutaxassis chaqirgan o‘yinchilardan qutilishga harakat qilyapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!