Xavi: "Lamin Yamal "Oltin to‘p"ga loyiq futbolchi"

  • 4 oktabr, 04:01
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona"ning sobiq bosh murabbiyi Xavi shogirdi Lamin Yamal haqida fikr bildirdi.

Tecno

Bu gal jamoaviy sovrinlar hal qiluvchi omil bo‘ldi. Menimcha, albatta, u "Oltin to‘p"ga loyiq edi. Vitinya, Saloh, Pedri va Rafinya ham unga munosib edi... Ko‘p futbolchilar sazovor bo‘lishlari mumkin edi, ammo oxirida Dembele yutgan sovrinlar vaznliroq bo‘lib chiqdi.

Lamin albatta oladi, men bunga ishonaman, ammo jamoasi Chempionlar ligasini yoki Jahon chempionatini yutganda.

– Unga debyut bergan paytingizda shunday ulkan sakrash kuta olganmisiz?

Ha, shubhasiz. Biz shtabda bundan avval ham gapirganmiz. "Oltin to‘p" uchun salohiyat borligini aytgandik. Uning mashg‘ulotlarini kuzatar ekanmiz, ayrim jihatlar darrov ko‘zga tashlanardi. Tezda anglaysizki, u tanlanganlardan biri", – deya ta’rif berib o‘tdi ispaniyalik sobiq futbolchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!